Ushbu haqidagi memorandum “Oʻzbekneftgaz” hamda VEB kompaniyasi rahbariyati orasida imzolangan. Rossiya tomonidan ushbu hujjatga VEB raisi oʻrinbosari Daniil Algulyan va Oʻzbekiston tomonidan “Oʻzbekneftegaz” boshqaruv raisi Mexriddin Abdullayev imzo chekishgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi – VEB kompaniyasining bir qator yirik loyihalar boʻyicha eng yirk hamkorlaridan biri. VEB bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Endi biz Oʻzbekistonlik hamkorlarimiz bilan neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirmoqchimiz”, – dedi Algulyan.
“Ushbu Memorandumni imzolash orqali biz hamkorlikning butunlay boshqa darajasiga erishmoqdamiz. Ishonchimiz komilki, bu oʻzaro manfaatli ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga kuchli turtki beradi ”, – dedi Mehriddin Abdullayev.
Bir necha kun oldin Oʻzbekiston Resbulikasi hamda VEB kompaniyasi rahbariyati umumiy qiymati 40 million yevro boʻlgan Rossiya yuqor texnologiyali mahsulotlarini yetkazib berish haqida shartnoma imzolagan edi. Ushbu mahsulot “Oʻzneftgaz” ishlab chiqarish obyektlari uskunalarini yangilashga moʻljallangan.