Issiqlik taʼminotida uzilishlar sababli qayta hisoblash ishlari amalga oshiriladi

    Qayta hisob-kitob Veolia Energy Tashkent mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

    Issiqlik ishlab chiqaruvchi va issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan harorat rejimiga rioya qilmaslik oqibatida issiqlik taʼminotida uzilishlarni boshdan kechirgan boʻlsangiz, qayta hisob-kitob Veolia Energy Tashkent mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

    Yaʼni:

    issiqlik energiyasining yoʻqligi yoki sifatsiz issiqlik energiyasi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan inspektorni chaqirish va dalolatnoma tuzishingiz shart emas;

    dalolatnoma Veolia Energy Tashkentning tuman issiqlik tarqatish boshqarmasi tomonidan dispetcher maʼlumotlari asosida tuziladi. Veolia Energy Tashkent tasarrufida issiqlik energiyasi koʻrsatkichlari qay vaqtdan boshlab meʼyorlarga javob bermay qolgani haqidagi maʼlumotlar bor.

    Qayta hisoblash zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik tashuvchisini yetkazib berishning butun davri uchun amalga oshiriladi.