Vestminster universitetida sogʻliqni saqlash yoʻnalishida yangi dastur ochildi

    Ta'lim 1 Yanvar 2021 1274

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-aprelda qabul qilingan 4666-sonli farmonida Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) aholi sogʻligʻini saqlash boʻyicha magistrlik kursini tashkil etish nazarda tutilgan.

    Kurs bitiruvchilari sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari va aholi, shuningdek ushbu yoʻnalishda qaror qabul qiluvchi masʼullar oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻim boʻlishga imkon beradigan muayyan koʻnikmalarni egallaydilar.

    — Buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino butun dunyo tibbiyotida chuqur iz qoldirgan, — deydi TXVU rektori Baxrom Mirkasimov. — Ushbu yangi magistrlik kursi buyuk vatandoshimizning ishini davom ettirish va Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qoʻshishi bilan faxrlanaman.

    Mazkur magistrlik kursi Vestminster universiteti (London) bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, Oksford universitetining sogʻliqni saqlash va tabiiy fanlar departamenti mutaxassisi tomonidan tasdiqlangan.

    Ushbu kurs modullari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

    Epidemiologiya asoslari

    Xulq-atvorni oʻzgartirish maqsadida salomatlikni va aloqalarni mustahkamlash

    Aholi salomatligini saqlash va ovqatlanish

    Sogʻliqni saqlash statistikasi

    Iqtisodiyot va sogʻliqni saqlash tizimlari

    Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarish

    Sogʻliqni saqlash sohasida tadqiqot usullari

    Dissertatsiya

    Aholi salomatligini saqlash yoʻnalishidagi magistrlik kursi bir yillik kunduzgi taʼlim va toʻliq ish kunida band boʻlganlar uchun ikki yillik kechki taʼlim shaklida taqdim etiladi. Ushbu magistrlik kursi ijtimoiy (sotsiologiya) soha talabalari, shuningdek, tibbiy yoki sogʻliqni saqlash sohasi maʼlumotiga ega boʻlganlar uchun moʻljallangan.

    Kursni tamomlaganlar, ular amaliyotchi shifokor, davolovchi xodimlar, akademik yoʻnalishdagi oʻqituvchi-professorlar, menejerlar yoki aholi sogʻligʻini saqlash sohasidagi yetakchilar boʻlishlaridan qatʼiy nazar, ushbu yoʻnalishda samaralari faoliyat boruvchi yetakchi mutaxassislarga aylanishadi.

    Milliy va xalqaro sogʻliqni saqlash tashkilotlari, mahalliy sogʻliqni saqlash boshqarmalari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, jamoat tashkilotlari hamda davlat idoralarida amaliyotchi shifokorlarga ehtiyoj kattaligi kuzatilmoqda.

    Shuningdek, PhD yoki DSc ilmiy darajasini olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun sanoat, salomatlik monitoringi va tibbiy taʼlim sohalarida ham talab katta.