Ularning ko'magi bilan geroin va opiy giyohvandlik moddalari, to'pponcha va uning gaz ballonlari, gil`za, patron va droblar kabi portlovchi vositalarning mamlakatimiz hududiga kirib kelishi oldi olingan.

"Ville", “Feya”, “Jessi” va “Zabar” laqabli xizmat itlari Milliy kinologiya markazi tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan “Xizmat iti nishoni” bilan taqdirlandi.

Umumiy hisobda respublika miqyosida 38 bosh xizmat itlariga ana shunday nishonlar taqildi. 

Taqdirlanganlar orasida Jizzaxda 9,5 kg. giyohvandlik vositasini fosh qilgan “Days”, Namanganda salkam 10 kg. giyohvandik vositasini fosh qilgan “Lord”, Samarqandda salkam 11 kg. giyohvandlik vositasi va 16200 dollarni izlab topgan “Sem”, Surxondaryoda salkam 70 kg. giyohvandlik vositasini fosh qilgan “Il`da”, Farg'onada 53700 dollarni fosh qilgan “Billi”, Buxoroda 2 dona ov qurolini fosh qilgan “Bagira”, Navoiyda 1000 dona o'qlarni fosh qilgan “Velli” laqabli va boshqa xizmat itlari bor!

Ular bizning “to'rt oyoqli” do'stlarimiz va sadoqatli qahramonlarimizdir!

Shunday ekan, endilikda faqat kinologlar emas, balki ularning xizmat itlari ham alohida mukofotlanadi, deyiladi Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi bergan xabarda.