Ishlab chiquvchilarning so'zlariga ko'ra, yangi xususiyat bilan foydalanuvchilar chat xabarlarini avvalgiga qaraganda tezroq topishlari mumkin. Buni amalga oshirish uchun, suhbat vaqtida qidirish rejimida taqvim belgisini bosish orqali yuborilgan yoki olingan sana tanlanadi. SHunda izlanayotgan xabar tezda topiladi.
Messenjerda allaqachon xabarlarni qidirish funktsiyasi mavjud, ammo foydalanuvchilarga ma'lum bir kunda yuborilgan yoki olingan xabarni topish qiyin. YAngi funktsiya bilan bu murakkablik barham topadi.
Hozirda funktsiya sinov bosqichida va u hali ommaga taqdim etilmagan.