AQSHning kiberxavfsizlik yoʻnalishida faoliyat yurituvchi "Metabase Q“ kompaniyasi mutaxassislari ”Windows“ operatsion tizimida ishlovchi bankomatlarni zararlovchi ”FiXS" nomli yangi virusni aniqlashgan.
"FiXS“ virusi joriy yil boshidan Meksika davlatining bir qancha banklarida aniqlangan boʻlib, zararlangan bankomatlar oʻzida mavjud pullarni «chiqarib tashlashga» harakat qiladi.
“FiXS” CEN/XFS standartlari mavjud barcha bankomatlarni zararlashi hamda zararlangan bankomatlar tashqi klaviatura bilan boshqarilishi mumkin.
“FiXS” boshqa zararli viruslardan farqi, virus bilan zararlangan bankomat 30 daqiqa oʻtib kiberjinoyatchilar tomonidan boshqarilishi mumkin. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.