Mahsulotlar kesimida olinsa, GDT platformasida butun sut kukuni 0,5 foizga, yog'sizlantirilgan quruq sut 2,9 foizga, laktoza 4,1 foizga, sariyog' 4,4 foizga, CHedder pishlog'i 5,3 foizga arzonlagan. Aksincha, yog'siz qaymoq narxi 9,4 foizga oshgan.
Umuman olganda, sut mahsulotlarining o'rtacha bahosi 2,902 USD / kg tashkil etgan. Sotilgan mahsulotlar hajmi 21 968 tonna. Savdo ishtirokchilari soni 166 ta.
Ma'lumot o'rnida, Global Dairy Trade forvard shartnomalar aylanmasi bo'yicha yirik xalqaro savdo platformasidir. GDT kim oshdi savdolarida 100 dan ziyod mamlakat sut mahsulotlari bilan ishtirok etadi.








