Mahsulotlar  kesimida olinsa, GDT platformasida  butun sut kukuni 0,5 foizga, yog'sizlantirilgan quruq  sut 2,9  foizga, laktoza 4,1 foizga,  sariyog' 4,4 foizga, CHedder pishlog'i 5,3 foizga arzonlagan.  Aksincha, yog'siz qaymoq narxi 9,4 foizga oshgan.

Umuman olganda, sut mahsulotlarining o'rtacha bahosi 2,902 USD / kg tashkil etgan.  Sotilgan  mahsulotlar  hajmi 21 968 tonna. Savdo ishtirokchilari  soni  166 ta.

Ma'lumot  o'rnida,  Global Dairy Trade forvard shartnomalar aylanmasi bo'yicha yirik xalqaro savdo platformasidir. GDT kim oshdi savdolarida 100 dan ziyod mamlakat  sut  mahsulotlari bilan ishtirok etadi.