Uchrashuvning asosiy mavzusidan mamlakatimizdagi maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish masalalari oʻrin oldi.
Uchrashuv davomida xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, maxsus iqtisodiy zonalar boʻyicha yangi tahrirdagi dastlabki qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha takliflar muhokama etildi.
Mazkur ishchi guruhga vazirlikdan Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boshqarmasi va Yuridik boshqarmadan nomzodlar biriktirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.