Inson hayotiga xavf soluvchi gullar

    Insoniyat – goʼzallik shaydosi. Uyda yoki ishxonada bahri dilimiz ochilsin deb turli gullar parvarishlaymiz. Ham ruhimizga, ham tanimizga quvvat bagʼishlaydi gullar. Biroq, shunday gullar borki... 

    1. Cicuta maculata
    Ushbu gul tarixiy buyuk shaxs Suqrotning oʼlimiga sababchi boʼlgan gul hisoblanadi.
    U Shimoliy Аmerikada ham “eng zaharli oʼsimlik” deya taʼriflangan. Bu oʼsimlik tufayli koʼpchilik vafot etgan va tirik qolganlari ham amneziya va surunkali qaltirash bilan aziyat chekishlari mumkin.

    2. Atropa belladonna
    Аfsonalarga qaraganda Makbetning askarlari bosqinchi daniyaliklarni ushbu oʼsimlik bilan zaharlagan. Bu oʼsimlik zaharli boʼlib, barglari va ildizlarida atropin va skopolamin moddasi mavjud va mushaklarning falaj boʼlishiga sababchi boʼladi, shu jumladan yurakka ham salbiy taʼsir oʼtkazadi.

    3. Ageratina altissima
    Mazkur oʼsimlik sabab Аbraham Linkolnning onasi zaharlangan edi. U asosan Shimoliy Аmerikada uchraydigan oʼsimlik boʼlib, mayda oq gullardan tashkil topgan va tarkibida trematol deb nomlanuvchi zaharli spirt mavjud. Toʼgʼridan-toʼgʼri qabul qilish natijasida emas balki, bechora Nensi Xanks shu oʼsimlikni yegan sigirning sutini ichibgina zaharlangan edi. Zaharlanishning belgilari - ishtahaning yoʼqolishi, kuchsizlik, tilning qizarib ketishi va shu kabilardir.

    4. Ricinus communis
    Bezak sifatida oʼstiriladigan bu oʼsimlik Аfrikada keng tarqalgan boʼlib tarkibida zaharli moddalarni oʼz ichiga oladi va kam miqdorda isteʼmol qilish oʼlimga olib kelishi mumkin. Koʼpincha kichkina hayvonlar va yosh bolalar bu oʼsimlik qurboniga aylanib qolishi mumkin.

    5. Nerium oleander
    Qadimgi Rimda oqsoqol Pliniy tomonidan tasvirlangan, oleander oʼzining ajoyib gullari bilan mashhur oʼsimlikdir. Odatda toʼsiq va bezak sifatida oʼstiriladigan boʼlsada, bu oʼsimlik xavfli boʼlib, oleandrin va neriin deb nomlanuvchi oʼldiradigan glikozidlarni oʼz ichiga oladi. Аgar ushbu oʼsimlik bilan zaharlansa bemorda qusish, yurak urishining tezlashishi kabi alomatlar yuzaga chiqadi va oxir oqibatda oʼlimgacha boradi.