— Birinchidan, test sistemasi — bu virusga oʻta sezuvchan reaktiv boʻlib reaktivga virusni joylashtirib boʻlmaydi. Shuning uchun Xitoydan keltirilgan testlardan koronavirus yuqayotganligi haqidagi gaplar asossiz, internet olamidagi yolgʻonlardan biri.
Test sistemalardan kasallik yuqmaydi, biroq, baʼzan ushbu testlarning sezgirligi past boʻlishi mumkin. Bunday hollarda kasallik yuqmagan taqdirda ham, kasalligi borlarga “manfiy”, kasalligi yoʻqlarga “musbat” degan javob berilishi ehtimoli bor. Shuning uchun amaliyotda qoʻllanilishidan avval barcha testlar sezgirlik nuqtayi nazaridan tekshiruvdan oʻtkaziladi.