Shunga muvofiq joriy yilning sentyabrь oyida shoir Erkin Doripov Fuqarolik ishlari boʼyicha Аndijon tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qoʼyish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va maʼnaviy zarar undirish haqidagi daʼvo arizasini kiritgan.
Mazkur daʼvo arizasi boʼyicha fuqarolik ishi koʼrib chiqilib, sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasi qisman qanoatlantirildi. Natijada Mirodil Hakimovdan daʼvogar Erkin Doripovga 50 million soʼm miqdorida maʼnaviy zarar hamda bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobar miqdorida (90 million soʼm) tovon puli undirish belgilangan. Bundan tashqari javobgarning zimmasiga “Uylanamiz” sheʼridan muallifning roziligisiz foydalanmaslik majburiyati yuklatilgan.
"Eslatib oʼtamiz, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi oʼrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon toʼlanishi belgilangan", deyiladi xabarda.