Xorazm viloyatida ham ayni vazifalar ijrosi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Poʻlat Sobirov xonadonining tom qismiga quvvati 8 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan holda, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanib kelmoqda. Ushbu stansiya orqali yiliga oʻrtacha 14 000 kVt-soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Shuningdek, fuqaro ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻz ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni ham boshladi.
Jumladan, isteʼmolchi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolandi.