Xorijda ota-ona qaramogʻisiz qolib ketgan 43 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi

    Bolalar asosan Rossiya, Qozogʻiston va Turkiyadan olib kelingan.

    AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova 2022-yilda chet elda ota-ona qaramogʻisiz qolib ketgan 43 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelingani haqida maʼlum qildi.

    Uning taʼkidlashicha, Bola huquqlari boʻyicha vakil tomonidan chet elda ota-ona qaramogʻisiz qolib ketgan bolalarni yurtimizga qaytarishda Ichki ishlar vazirligi bilan keng hamkorlik qilinmoqda.

    2022-yil davomida Rossiya Federatsiyasidan jami 37 nafar voyaga yetmaganlar, Qozogʻiston Respublikasidan 4 nafar voyaga yetmaganlar, Turkiya davlatidan 2 nafar voyaga yetmaganlar jami 43 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi.