Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi masʼullari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraksiyasi aʼzolari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, partiyaning lider ayollari ishtirok etdi.
Tadbirda saylov qonunchiligi, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, saylovlarda faol ishtirok etishini taʼminlash, mazkur jarayonlarda lider ayollarning oʻrni va roli kabi mavzularida maʼruzalar tinglandi.
Bundan tashqari, tadbirda xotin-qizlarni yangicha yondashuv, gʻoya va tashabbuslar bilan chiqishlariga koʻmak berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash, qolaversa joriy yil mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan eng muhim siyosiy jarayon - saylovlarda xotin - qizlar ishtirokini kengaytirish masalalari boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.