Yana bir memorandum imzolandi

    O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Davron Maxsudov BMT Bolalar jamg'armasi – YUNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda bilan uchrashuv o'tkazdi.

    Munir Mamadzoda samimiy qabul, xayrli tilak va mazmunli nutq uchun minnatdorlik bildirdi. Munir Mamadzoda o'z so'zi davomida bolalar huquqlarini ta'minlash, manfaatlarini himoya qilish, sog'lig'ini asrab-avaylash borasidagi yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatilgani, yangilanayotgan O'zbekistonda bu boradagi xayrli ishlarni yanada rivojlantirishga imkoniyat va sharoitlar yaratilayotgani, hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiya va metodlardan foydalanish zarurligi, dasturlarning keng yoyilishi va amalga oshishida diniy soha vakillarining ahamiyati nihoyatda kattaligini qayd etdi.

    Yig'ilish so'nggida Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi o'rtasida hamkorlikka oid Memorandum imzolandi.