Yangi dori vositasi OIVga qarshi samaradorligini ko'rsatdi

    AQShda OIVga qarshi vaksinaning klinik sinovlarining yakuniy bosqichi tugadi, u juda yuqori samaradorlikni ko'rsatdi – 99 foiz.

    Bu haqda 2-dekabr, dushanba kuni Amerikaning Emory University tadqiqot universiteti ma'lum qildi.

    Vaksinaning nomi Lenokapovir. Yiliga ikki marta qo'llanilishi kerak.

    Qayd etilishicha, dori vositasi turli yoshdagi va ijtimoiy guruhlardagi yuzlab ko'ngillilarda sinovdan o'tkazilgan.

    “Sinovlar vaksinaning virusning organizmda tarqalishini to'xtatuvchi o'ziga xos antitanachalarni ishlab chiqarishda immunitet tizimini rag'batlantirish xususiyatiga ega ekanini ko'rsatdi”, tadqiqot natijalarida qayd etiladi.

    Tadqiqotchilar tushuntirganidek, vaksina mRNK texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, u ilgari COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda samara bergan.

    “Vaksinani ishlab chiqishda qo'llaniladigan yangi yondashuv uni virusning turli shtammlariga moslashtirishga imkon beradi, bu uning genetik o'zgaruvchanligi tufayli ayniqsa muhimdir”, deb ta'kidlaydi ekspertlar.

    Ularning qo'shimcha qilishicha, ixtiro qilingan vaktsina, ayniqsa, sharoiti og'iz orqali qabul qilinadigan dori-darmonlarni kunlik qabul qilishga imkon bermaydigan odamlar uchun, shuningdek, xavf guruhiga mansub bo'lganlar uchun foydali bo'ladi.

    Bugungi kunda OIV aholi salomatligi uchun eng jiddiy tahdidlardan biri bo'lib qolmoqda. JSST ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'ylab 38 milliondan ortiq odam ushbu tashxis bilan yashaydi, deb xabar beradi korrespondent.net.