Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali professor-oʻqituvchilari ham shunday tadbirlar doirasidagi faol ishtirok etib xalqimizning koʻngliga olam-olam quvonch hadya etmoqda. Jumladan, Qoraqalpogʻiston xalq baxshisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “Doʻstlik” ordeni sohibasi professor G.Aximbetova, Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatgan artist, dotsent M.Ismailova, “Aktyor va rejissyor” kafedrasi mudiri L.Urazimbetova, filial maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi O.Qidirniyazova, “Nihol” mukofoti sovrindori L.Muxammetdinovalar Respublikamizning turli hududlarida tashkil etilgan tadbirlarda oʻzlarining rang-barang dastur va mazmunli bayonotlari bilan ishtirok etishdi.

Chekka qishloqlardagi taʼlim muassasalarida va madaniyat maskanlarida xalqimiz uchun oʻtkazilayotgan bu kabi madaniy tadbirlar ularni ruhan joʻshqinlikka chorlagan boʻlsa ne ajab. Ayniqsa, ohangraboday qoʻy qoʻshiqlar va sanʼatkorlarning sahnaviy koʻrinishlari tomoshabinlarga oʻzgacha iliq kayfiyat ulashdi.
Joriy yil Prezidentimizning Nukus shahriga tashrifida “Baxshichilik – qoraqalpoq yelining ulugʻ anʼanasi, uni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz - deya taʼkidlagan edi. Biz baxshilarning quvonchi cheksiz va Prezidentimizga, xalqimizga sidqi dildan xizmat qilishga doimo tayyormiz”, deydi G.Aximbetova.
Haqiqatdan ham bu kabi koʻngil oshar tadbirlar pandemiya davrida yoshlarimiz uchun ham ajoyib sovgʻa boʻldi desak, mubolagʻa aytgan boʻlmaymiz. Shuningdek, tadbirlarga poytaxtimiz Toshkent shahridan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti M.Abduqunduzov va Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatgan artist G.Nasirovalar qatnamoqda.
Asilbek QOLQANATOV
OʻzDSMI Nukus filiali talabasi