Bu haqda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va xavfsizligini taʼminlash maqsadida 24-noyabrdan 4-dekabrga qadar quyidagi yoʻnalishlarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:
- Yangi Oʻzbekiston koʻchasidan yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish (“Yangi Oʻzbekiston bogʻi” chegarasi boʻylab);
- Milliy bogʻ koʻchasidan yangi mehmonxonalarga harakatlanish.
Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar faqat oddiy avtotransport vositalariga taalluqli boʻlib, maxsus avtoulovlar (tez yordam, oʻt oʻchirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va h.k.) uchun mustasno hisoblanadi.
Tashkilotchilar yoʻllardagi vaqtincha noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr soʻrab, musobaqa ishtirokchilariga omad va gʻalaba tilagan.