Yangiyoʻl tumani “Qoʻshtepa” MFY hududida Xitoy Xalq Respublikasi korxonasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dasturi doirasida loyiha qiymati 20 million dollar investitsiya kiritilib, Italiya davlatining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Yil davomida 367 ming 540 dona zamonaviy quyosh paneli ishlab chiqarilish quvvatiga ega.
Korxona 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishiriladi, natijada 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Hozirgi kunda korxonaning qurilish ishlari olib borilmoqdi.