Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning yanvar`-sentyabr` oylarida O'zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tahlil qildi.
2023-yilning yanvar`-sentyabr` oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 831 million AQSH dollariga teng bo'lgan 1 337,9 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu 2022-yilning shu davridagiga nisbatan qiymat ko'rinishidagi 9,3 foiz ko'p demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni shaftoli (nektarin) – 8,1 foiz, sarxil uzum – 7,7 foiz, piyoz – 6,4 foiz, gilos – 6,4 foiz, mayiz – 5,7 foiz, o'rik – 4,9 foiz, qovun va tarvuz – 4,7 foiz, pomidor – 4,2 foiz egalladi.
2023-yilning yanvar`-sentyabr` oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 4,7 foizni tashkil etgan.
O'zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 foiz), Pokiston (15,1 foiz), Qozog'iston (12,2 foiz), Xitoy (8,4 foiz), Qirg'iziston (8,0), Turkiya (2,4 foiz), Belarus (1,6 foiz), Afg'oniston (1,4 foiz), eron (1,0 foiz), Iroqdir (0,9 foiz).