Bu haqda Tokio universiteti qoshidagi zilzilalarni o'rganish instituti mutaxassislari ma'lum qildi.
30-oktabr kuni amalga oshirilgan havo kuzatuvlari davomida Io oroli hududida suv osti vulqonining otilishi tasdiqlandi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, vulqon faollashgan paytda, magma okean suvi ichiga kirganida, freatomagmatik portlash sodir bo'lgan, bu vaqtda suv ostidan ulkan toshlar otilib chiqqan.
Vulqon otilgan joydan unchalik uzoq bo'lmagan joyda diametri taxminan 100 metr bo'lgan yangi orol topildi. Uning yuzasi vulqon jinslari bilan qoplangan va uning atrofidagi suv zonasi kulrang tusga kirib qoldi. Mutaxassislarning fikricha, vulqoning faollashishi davom etar ekan, orolning maydoni ham kengayishi mumkin.
Io oroli Ogasavara orollari zanjirida, Tokiodan ming kilometr janubda joylashgan, deb xabar beradi ria.ru.