Yaponiyada suzishni oʻrgatadigan yoʻriqchilar uchun himoya niqobi yaratildi

    Sport 28 Iyun 2020 1255

    Uni yaratgan mutaxassisning aytishicha, bugungi kunda basseynlarga natriy gipoxlorit bilan ishlov berilgan.

    Bu esa suv orqali koronavirus yuqishining oldini oladi, ammo, havo tomchilari orqali kasallikni yuqtirib olish xavfi baribir saqlanib qoladi. Chunki murabbiy va oʻquvchi mashgʻulotlar paytida bir-biriga yaqin masofada boʻladi.

    Oddiy tibbiyot niqobi esa toʻgʻri kelmaydi, chunki hoʻl boʻlib ketadi. Yangicha koʻrinishdagi mahsulot tasviri Rockin Pool kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.