Yaponiyada aqlli niqob-tarjimon ishlab chiqildi

    Raqamlashtirish 11 Iyul 2020 1421

    Robotlar ishlab chiqaradigan yapon kompaniyasi oʻz egasining nutqini boshqa tillarga tarjima qiladigan niqob yaratdi, deya xabar beradi Travel and Leisure.

    U nafaqat koronavirus infeksiyasidan himoya qiladi, balki oʻz egasining nutqini dunyoning toʻqqiz tiliga - ingliz, fransuz, indonez, ispan, yapon, xitoy, koreys, tayland va vetnam tillariga tarjima qiladi.

    Niqob smartfonga ilova yordamida Bluetooth orqali ulanadi. Soʻnggi yillarda kompaniya Tokio aeroporti uchun tarjimon robotlar ustida ishlamoqda. Ular uchun dasturiy taʼminot niqobga moslashtirildi.

    Niqob kraudfanding orqali yigʻilgan pullarga plastikdan tayyorlanadi. Loyiha uchun allaqachon 260 ming dollar sarflandi.

    Ixtiro sentyabr oyida doʻkon peshtaxtalarida paydo boʻlishi rejalashtirilgan. Uning narxi 40 dollar boʻladi. Niqob dastlab faqat Yaponiyada, keyinroq esa Xitoy, Yevropa va AQSHda sotiladi.