Mahalliy hukumat hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.

“Mutaxassislar yuqori oqim tomonga yo'l olishib, daryo irmog'iga yetib borishdi. Suv omborining beton qirg'og'ida qizil-jigarrang modda topildi, u suvda eriydi va unga yorqin yashil rang berdi”, deb xabar bermoqda Yaponiya telekanali.

Ma'lum bo'lishicha, topilgan modda natriy fluorestseindir. Bu bo'yoq sifatida ishlatiladigan organik birikma bo'lib, tibbiyotda ko'z kasalliklariga tashxis qo'yish va suv oqishini aniqlash uchun santexnikada keng qo'llaniladi.

Politsiya ushbu moddaning daryo qirg'og'iga qanday tushib qolganini tekshirishni davom ettirmoqda. Ehtimol kimdir uni noqonuniy ravishda u yerga tashlab yuborgan bo'lishi mumkin. Mahalliy fermer va bog'bonlarga o'simliklarni sug'orishda daryo suvidan vaqtincha foydalanmaslik tavsiya qilindi, deb xabar beradi tengritravel.kz.