Bo'lib o'tayotgan yarmarkada mamlakatimizdagi yuzga yaqin korxona, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda import bo'yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan import o'rnini bosuvchi mahsulotlar namoyish qilinmoqda.

Shuningdek, yarmarkada “O'zbek geologiya qidiruv” AJ ham faol ishtirok etmoqda. Ko'rgazmada jamiyat tarkibidagi Markaziy ishlab chiqarish bazasida ishlab chiqarilgan asosan geologik-qidiruv jarayonida ishlatiladigan buyumlar, burg'ilash ishlarida maxsus texnikalar uchun kerak bo'ladigan ehtiyot qismlari kabi 96 turdan ortiq mahsulotlar o'rin olgan.

Bu esa albatta mahalliy sanoat korxonalari uchun import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga o'z faoliyat sohasini yanada kengaytirishga, raqobatbardosh sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishga zamin yaratadi.

Yarmarkadan ko'zlangan asosiy maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni bitta platformada jamlash, o'zaro tajriba almashish hamda kelishuvlar asosida shartnomalar tuzilishdan iborat, deb xabar beradi, “O'zbek geologiya qidiruv” AJ Matbuot xizmati.