Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

    Bilasizmi? 23 Noyabr 2022 2696

    Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

    Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

    Agar siz oʻzingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

    Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

    Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.