O‘smirlarimiz 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgandi. Yoshlarimiz ham ikki kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra qit’ada birinchi bo‘lishdi.

Yoshlar terma jamoamiz 7 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 15 ta medal bilan 15 davlat orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni band etishdi.

To‘rt kun davomida Bayrutda 16 marotaba O‘zbekiston madhiyasi yangradi. 

"Mamlakatimiz dzyudosi tarixida hali bunday natija kuzatilmagandi", deyiladi Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Qozog‘iston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi yakun yasadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, yosh sportchilarimiz va ularning ota-onalarini tabriklab qoladi.