Qayd etilishicha, ushbu holat boʻyicha fuqaro ishonch telefonlari orqali Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga murojaat qilingan.
Murojaatga asosan holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda, notanish hayvon Qizil kitobga kiritilgan Qoraquloq ekanligi aniqlangan.
Toshkent hayvonot bogʻi mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu hayvonni tutish ishlari amalga oshirildi va Qoraquloq hayvonot bogʻiga topshirildi.









