Uning taʼkidlashicha, anʼanaviy axborot almashinish tizimi orqali maʼlumotlarni yigʻilishi, qayta ishlanishi va javob choralarining joylarga koʻrsatma orqali yetkazilishi 12 soatdan 48 soatgacha vaqtni egallaydi. Yuqumli kasallikka chalingan bir nafar bemor bu vaqt ichida kamida 2-3 nafar sogʻlom odam bilan muloqot qiladi, oqibatda ushbu sogʻlom shaxslarni kasallikning yashirin davri muddati davomida tibbiy nazoratga olish va karantin choralarini belgilashga zarurat tugʻiladi.
«Yuqumli kasalliklar elektron monitoringida esa axborotni tezkor va sifatli axborotlar yetkazilishi taʼminlanadi bu esa yuqumli va oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish va tarqalib ketishini oldini olishga xizmat qiladi», deydi Maftuna Saidova.
Qoʻshimcha qilinishicha, Elektron vaksina logistikasini boshqarish tizimi ishga tushirilgan. Bu vaksinalarni viloyatlarga yuborish, viloyatlardan tumanlarga, tumanlardan esa davolash-profilaktika muassasalariga vaksinalarni sifatli va sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda yetkazilishini kuzatishga imkon beradi
Yana bir elektron tizim — Laboratoriya axborot tizimda bemorlar haqidagi maʼlumotlar ularning yoshi, jinsiga qarab monitoring qilinadi.
Afzalliklari:
- qogʻozdan voz kechiladi;
- maʼlumotlarning tashqariga chiqib ketishini oldi olinadi;
- namuna tekshiruvga kelgan kundan, javobi chiqishgacha vaqt qisqaradi;
- javobni joyiga yetkazish tezlashadi.