Ijtimoiy tarmoqlarga “Zapravka reketlari” sarlavhasi ostida joylangan videoxabar yuzasidan Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilib, “SIFATLI METAN GAZ” MCHJ avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga navbatsiz kiritayotgan 2 nafar shaxslar shu tumanda yashovchi K.Oʻ va S.O.lar ekani aniqlangan.
Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.
Ushbu fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194-modda 1-qismi hamda 200-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy tartibda koʻrib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Oltinkoʻl tuman sudiga yuborilgan.
2022-yilning 12-dekabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Oltinkoʻl tuman sudi tomonidan K.Oʻ va S.O.larga nisbatan toʻplangan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilib, ularga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi, — deyiladi bayonotda.