Zarafshon shahrida togʻ-kon texnikalari shousi oʻtkazildi

    Bayram tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi

    Zarafshon shahrida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 65 yilligiga bagʻishlangan togʻ-kon texnikasi ishtirokida shou oʻtkazildi.

    Bayram tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

    Tadbir davomida ishtirokchilarga avtoshou hamda ogʻir yuk koʻtaruvchi avtoagʻdargichlar va boshqa konchilik texnikalaridan iborat koʻrgazmalar namoyish etildi.