Namangan viloyatida yashovchi N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 51 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi R.D. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.D., jabrlanuvchi N.A.ning telegramiga soxta havola joʻnatgan va uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, 51 mln soʻm pullarini oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan R.D.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.