Maʼlumot uchun, Zomin davlat qoʻriqxonasi 1928-yil iyun oyida Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududida tashkil etilgan. Qoʻriqxonada 149 turdagi hayvon yashaydi, ulardan 17 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Boʻrilar aqlli yirtqichlar boʻlib, oilaviy jamoa boʻlib yashashni maʼqul koʻradi. Ular ovoz, tana harakati va hatto yuz ifodalari orqali muloqot qilishlari mumkin. Boʻrilar kuniga 60 km masofani bosib oʻtishadi va ular hid bilish borasida insonlarga qaraganda 100 marotaba sezgirroq. Bu hayvonlar oʻljasini oʻrab olish va zaiflashtirish uchun turli usullardan foydalangan holda hamkorlikda ov qilishadi.