Mahalla azaldan xalqimiz uchun mehr-muruvvat, xayr-saxovat markazi boʻlib kelgan. Keyingi 8-9 yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli va aniq manzilli islohotlar natijasida mahalla bugunga kelib tadbirkorlik, biznes gʻoyalar va loyihalar markaziga aylandi.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Markaziy bank bilan hamkorlikda “Turonbank” ATB Mahalla bankirlari va yordamchi agentlari uchun “Mahalla kuchi — jamoa birligi” shiori ostida “Team building” tadbiri tashkil etildi.