Qoʻlda terilgan paxta narxi 2500 soʻm etib belgilandi

    Hukumat tomonidan bugundan boshlab qoʻlda terilgan 1 kg. paxta uchun 2500 soʻmdan toʻlash belgilandi.

    Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, ushbu narx aholi daromadlari oshishiga ham xizmat qiladi. Masalan, bir oiladan 4 kishi kuniga 400 kg. paxta terib, 1 000 000 soʻm ishlab topsa, bu qolgan 20-25 kunlik terimda 20-25 mln. oilaviy daromad degani, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.