Shunday davlatlar borki, ularning hozirgacha konstitutsiyasi yoʻq, ammo ularning orasida demokratiyani boshqaradigan vakillari bor.
* Dunyodagi dastlabki konstitutsiya 1600-yil 8-oktyabr — San-Marino Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi boʻlgan.
* Dunyodagi birinchi yozma Konstitutsiya — 1787-yil AQSH davlatida qabul qilingan, Konstitutsiyasiga eng koʻp oʻzgartirishlar kiritilgan davlat — Fransiya hisoblanib, 200-yil ichida 16 marotaba Konstitutsiya qabul qilingan.
* Dunyodagi eng demokratik konstitutsiya — Rossiya Konstitutsiya. Eng koʻp moddalardan iborat Konstitutsiya — Hindiston (395 modda).
* Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida — 7 550 ta soʻz qoʻllanilgan boʻlib, u 6 boʻlim, 27 bob va 155 moddadan iborat.
AQSH Konstitutsiyasi
AQSH Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng oʻzgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.
Amerikaning Bosh qomusi birinchilardan va eng qadimgisi hisoblanib, u hozirgacha amaldagi Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya 1787-yilning may sentyabr oylarida Konstitutsion konventda Filadelfiyada qabul qilingan. Oʻshanda konventning raisi Jorj Vashington edi va ikki yildan soʻng AQSH prezidenti boʻldi.
AQSH Konstitutsiyasi kirish, 7 modda va 27 qoʻshimchadan iborat. Dastlab oʻnta qoʻshimcha 1791-yildayoq kuchga kirgan. Mamlakat Konstitutsiyasining asosiy matniga hech qanday oʻzgartirish kiritilmaydi, balki matn oxiriga alohida ilova sifatida qoʻshimcha kiritiladi. AQSH Konstitutsiyasida 7 ming 762 ta soʻz ishlatilgan.
AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishda belgilanishicha: “Kongress soʻz va matbuot erkinligini cheklovchi biron-bir qonun chiqarishi mumkin emas”. AQSH Konstitutsiyasi tarixi davomida unga bor yoʻgʻi 26 ta tuzatish kiritilgan xolos. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu tuzatishlar har birining hajmi deyarli qonunga teng boʻlib, oʻnlab moddalardan iborat boʻladi. Dastlabki 10 ta kiritilgan tuzatishlar “huquqlar toʻgʻrisida Bill” deb nomlanadi. U mashhur Bill huquqi sifatida tarixda qolgan.
Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kongressmenlarning uchdan ikki qismi ovozi asosida qabul qilinadi. Amerika tarixida Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha bir necha ming takliflar boʻlgan, ammo ularning aksariyati rad etilgan.
Polsha
Yevropada eng birinchi hisoblangan Polshaning birinchi Konstitutsiyasi 1791-yil 3-mayda qabul qilingan. Keyinchalik 1952-yil 22-iyunda qabul qilingan va 1989-yil 29-dekabrda tuzatishlar kiritilgan, shuningdek, 1992-yil 8-dekabrda kuchga kirgan va qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan ijrochi hokimiyat oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni tartibga solgan “Kichik konstitutsiya” 1997-yilgacha amal qildi. 1997-yil 2-aprelda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Shuning uchun ham 1990-yildan buyon 3-may Polshada milliy bayram sifatida nishonlanib kelinadi
Hindiston
Hindiston Konstitutsiyasi AQSH Konstitutsiyasidan farqli oʻlaroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi. U 1950-yilda qabul qilingan boʻlib, uni yozishda 21 ta tildan foydalanilgan. Hind va ingliz tillari ular orasida eng muhimlari sanaladi.
Mazkur Konstitutsiya hamma ham tushuna olishi juda qiyin boʻlgan tildagi 395 ta modda, 12 ta ilova va 500 ta tuzatishdan iborat.
Dunyoda eng koʻp soʻz ishlatilgan Konstitutsiya ham Hindiston Konstitutsiyasidir. Unda 146 ming 385 ta soʻzdan foydalanilgan.
Yaponiya
Yaponiyaning birinchi Konstitutsiyasi 1889-yil 11-fevralda eʼlon qilingan va 1890-yil 29-noyabrda kuchga kirgan. Bu Konstitutsiya — “Eski Konstitutsiya” yoki Mei-ji davrida qabul qilingani uchun uni “Mei-ji Konstitutsiyasi” deb ham nomlanadi. U 7 bob, 76 moddadan iborat. Mei-ji Konstitutsiyasi Yaponiyada konstitutsion monarxiya boshqaruv shaklini oʻrnatdi. Shuningdek, ushbu Konstitutsiya imperator vakolatlarining kengligi bilan xarakterlanadi.
Yaponing amaldagi Konstitutsiyasi — 1946-yil 24-avgustda qabul qilingan. U 3-noyabrda eʼlon qilingan va 1947-yil 3-mayda kuchga kirgan. Yaponiyada haqiqiy demokratik boshqaruv shakli shu sanadan boshlangan. Hozirda 3-may “Konstitutsiya kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Shu paytgacha yangi Konstitutsiyaga bironta ham oʻzgartirish kiritilmagan.
Konstitutsiya matni asosan gʻolib davlat AQSH yuristlari tomonidan yapon huquqshunoslar komissiyasi tavsiyalarini eʼtiborga olgan holda tuzilgan. Eʼtiborli tarafi oʻtgan davr mobaynida Parlamentda Konstitutsiyani milliy ruhiyatda qayta koʻrib chiqish borasida koʻp bor takliflar bildirilgan boʻlsa-da, shu kunga qadar Konstitutsiya matniga umuman oʻzgartirish kiritilmagan.
Garchi Yaponiya Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, Yaponiya kelajakda urush olib borish huquqidan hamda quruqlik, dengiz va havo harbiy kuchlar tuzish huquqidan abadiy voz kechgan boʻlsa-da, bugungi kunda Yaponiya harbiy xarajatlari boʻyicha dunyoda 5-oʻrinda turadi. Harbiy kuchlar tuzish taqiqlangan boʻlsa-da, hozirda faoliyat yuritayotgan Oʻz-oʻzini mudofaa qilish kuchlari rasman politsiyaning ixtisoslashgan qismi hisoblanadi. 2015-yilda Yaponiya Parlamenti Konstitutsiya sharhiga oʻzgartirish kiritdi va Yaponiya harbiy kuchlarini mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun xorijda harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga huquqiy asos yaratildi
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada hozirgacha yaxlit hujjat sifatida amalda qoʻllanadigan Konstitutsiya mavjud emas. Qizigʻi shundaki, Britaniyaning eng qadimgi Konstitutsion nizomi Oʻrta asrlarda qabul qilingan. Bu yerda gap 215-yildagi Buyuk Ozodlik qonuni haqida bormoqda. Bu hujjatlar Angliya huquqi tizimining asosiy poydevori boʻlib xizmat qiladi.
Britaniya konstitutsion huquqida inson erkinligi individual huquqlari hisoblanib, quyidagi: “har kim qilishi lozim boʻlgan ish — qonun taqiqlanmagan tarzda amalga oshiriladi” tamoyiliga asoslangan boʻladi.
Rossiya
Dunyodagi eng demokratik konstitutsiya — Rossiya Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 12-dekabrda umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilingan. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga muvofiq Rossiya respublika boshqaruv shakliga ega demokratik federativ huquqiy davlatdir.
Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi
Rossiya davlatining ilgari nomi — RSFSR (Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi). 1991-yilning 25-dekabridagi RSFSR qonuniga koʻra R.F. (Rossiya) nomi berilgan. 1992-yilning 21-aprelida bu nom Konstitutsiyaga kiritilgan.
Germaniya
Germaniyaning amaldagi konstitutsiyasi — Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonuni 1949-yil 23-mayda Parlament kengashi tomonidan qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. U 146 moddadan iborat.
Germaniya 16 ta federal yerlardan tashkil topgan. Ularning har biri oʻzining konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5-yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin.
Konstitutsiyaga koʻra, hukumat katta vakolatlarga ega, xususan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshiradi. Ayniqsa Federal kanslerning vakolatlari ancha keng. Jumladan, Kansler mamlakat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi va uni amalga oshishi uchun javobgar boʻladi. Ushbu asosiy yoʻnalishlar doirasida har bir vazir oʻz masʼulligi asosida sohani boshqaradi. Federal kansler oʻzgarsa, hukumat isteʼfoga ketadi. Kanslerning mamlakatni boshqarishdagi faol rolidan kelib chiqib, baʼzi tadqiqotchilar Germaniyaning boshqaruv shaklini “kansler respublikasi”, deb ham atashadi.
Germaniya Federativ Respublikasida sud hokimiyatini Federal konstitutsiyaviy sud, federal sudlar va yerlarning sudlari amalga oshiradi. Federal konstitutsiyaviy sud ikki palata (senatlar)dan iborat. Sudyalarning yarmi (8 aʼzosi)ni Bundestag, ikkinchi yarmini esa — Bundesrat saylaydi. Sudyalarning vakolat muddati — 12-yil.
Pokiston
Amaldagi Konstitutsiyasi 1973-yil 14-avgustda qabul qilingan (1977-1985-yillarda bekor qilinib, yana tatbiq qilina boshlagan, unga bir necha oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan).
Parlament ikki palata: Senat va Milliy majlisdan iborat. Senat 87 senatordan iborat, ular viloyatlarning qonun chiqaruvchi majlislari tomonidan 6-yil muddatga saylanadi. Senatning 1/3 qismi har ikki yilda yangilanadi. Milliy majlis 237 deputatdan iborat boʻlib, 5-yil muddatga saylanadi. Shundan 217 deputat diniy eʼtiqodi boʻyicha toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. 207 ta oʻrin musulmonlarga 10 oʻrin “diniy ozchilikka” ajratilgan. Qolgan 20 oʻrin xotin-qizlarga tegishlidir.
Nigeriya
Nigeriyada 1989-yil 3-mayda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Ammo sotsial-demokratlar partiyasi rahbari M.Abiola gʻalaba qozongan 1993-yil 12-iyundagi prezident saylovi natijalari harbiylar tomonidan saylov yakunlari soxtalashtirilgan, degan bahonada bekor qilindi va mamlakatning noharbiy boshqaruv shakliga oʻtishi toʻxtatib qoʻyildi. Ammo, shundan keyin ham ketma-ket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
1993-yilning noyabrida hokimiyatni qoʻlga olgan Muvaqqat boshqaruv kengashi 1989-yil Konstitutsiyasini bekor qildi va 1979-yil Konstitutsiyasini (koʻplab qisqartishlar bilan) tikladi. Yangi konstitutsiyani ishlab chiqish yuzasidan Konstitutsiyaviy konferensiyani chaqirish toʻgʻrisida eʼlon qilindi. Konstitutsiya 331 modda va 7 ilovadan iborat.
San-Marino
San-Marino respublikasining konstitutsiyasi 1600-yilning 8-oktyabrida davlatning tuzilish tizimi toʻgʻrisidagi qonunlar majmui — “Statut”, yaʼni Konstitutsiya qabul qilinib, Katta Bosh Kengash tomonidan maʼqullangan. 1906-yilning 26-martidagi oila boshliqlarining umumiy yigʻini qarori va Katta Bosh Kengashning bir qator farmonlari bilan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritilgan. Aholi hanuzgacha 1600-yil qabul qilingan konstitutsiyasi asosida yashab kelmoqda. Bu aholiga zamonaviy demokratik respublika boʻlishda halaqit bermaydi.
Davlat boshligʻi funksiyasini Katta Bosh Kengash aʼzolari ichidan olti oy muddatga aylanadigan ikkita kapitan — regent bajaradi. Ular oʻz lavozimlariga mandatlari muddati tamom boʻlgandan soʻng, oradan uch yil oʻtib qayta saylanish huquqiga ega. Kapitan — regentlar oʻz qarorlarini birgalikda qabul qiladilar. Ular bir-birlarini chiqargan qarorlariga veto qoʻyish huquqiga ega. Yaʼni, ularning harakatlari oʻzaro kelishilgan boʻlishi lozim.
Ijroiya hokimiyati hukumat, yaʼni Katta Bosh Kengash aʼzolari ichidan koalitsion asosda saylangan Davlat kongressi hamda kapitan-regentlarga tegishli boʻlib, ular parlament vakolat muddati tugaguncha ijroiya hokimiyatini amalga oshiradilar. Davlat kongressi uch davlat kotibi va yetti vazirdan iborat.
Avstraliya
Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1900-yilda qabul qilingan. U 1901-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kirgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali (Vakillar palatasi va Senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi palata) deputatlari 3-yil muddatga, Senat (yuqori palata) aʼzolari har bir shtatdan 6-yil muddatga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3-yilda yangilanadi. Senat tarkibi 76 aʼzodan iborat (har bir shtatdan 12 tadan va hududlardan ikkitadan). Vakillar palatasi tarkibi 148 deputatdan iborat. Har bir shtatdan saylanadigan deputatlar soni shtat aholisining soniga muvofiq ravishda belgilanadi, lekin har bir shtatdan saylanadigan deputatlarning soni 5 nafardan kam boʻlmasligi kerak. Har ikki palata tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qonun hujjatlarining loyihalari tasdiqlash uchun general-gubernatorga taqdim etiladi.
Mamlakatning har bir shtati oʻz konstitutsiyasi, parlamenti, hukumati va sud organlariga ega. Shtatlarning huquqlari esa cheklangan.
Malta
Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika Maltaning amaldagi Konstitutsiya 1964-yilda qabul qilingan. Unga 1974, 1987-yillarda tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilgan. 1974-yildan davlat boshligʻi Prezident boʻlib, 5-yil muddatga saylanadi.
Parlament — Vakillar palatasi — 65 ta deputatdan iborat boʻlib, proporsional asosda 5-yil muddatga saylanadi.
Ijro etuvchi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. U parlament oldida javobgardir. Mamlakatda Konstitutsiyaviy sud amal qiladi.