“Lashkar-i-Tayba” guruhiga aloqador bir guruh terrorchilar Kashmir janubidagi Baysaran vodiysida turistlarga hujum uyushtirib, 27 kishini o'ldirgani, 12 kishini yaralagani xabar qilingan. Qurbonlar ro'yxatiga ko'ra, ularning barchasi Hindiston fuqarolari.

Qayd etilishicha, kamuflyajdagi bir necha qurollangan kishi ot minib ketayotgan turistlarga qarata tartibsiz o'q uzgan. Hujum turistlar gavjum bo'lgan Baysaran vodiysida sodir bo'ldi.

Omon qolganlardan birining so'zlariga ko'ra, terrorchilar o't ochishdan oldin ularning dinlari haqida so'rashgan. “Qarshilik fronti” guruhi hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi, deb xabar beradi belta.by.