Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning maʼlum qilishicha, Aliyevning kelmasligi haqida rasmiy xabar kelib tushgan. Tashrifdan voz kechish sababi sifatida prezidentning Haydar Aliyevga bagʻishlangan muhim ichki tadbirlarda ishtirok etishi zarurligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, Aliyevdan tashqari Laos prezidenti Txonglun Sisulit ham Moskvadagi paradga bormasligini bildirgan. Rasmiylarga koʻra, u koronavirusga chalingani sabab safarini bekor qilgan. Paradda uning oʻrniga Laos nomidan tashqi ishlar vaziri Txongsavan Fomvixan ishtirok etadi.

Moskvadagi paradda 20 dan ortiq xorijiy davlatlar rahbarlari qatnashadi. Ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari, Xitoy raisi Si Szinpin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vetnam kommunistik partiyasi bosh kotibi To Lam, Braziliya prezidenti Lula da Silva, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va boshqa yetakchilar bor.