Qayd etilishicha, holat shu yilning 5-iyun kuni soat taxminan 11:30 larda, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, “Baytish“ mfy hududidan oʻtgan D-022 “Nurafshon sh. — Oqqoʻrgʻon sh. — Yangiyoʻl sh.“ avtomobil yoʻlining 57-kilometrida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi 1995-yilda tugʻilgan K.T “MAN TGS” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtida haydovchiga nisbatan oʻng tomondan chap tomonga harakatlanib oʻtayotgan velosipedchi 2016-yilda tugʻilgan Yu.Eni urib yuborib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi natijasida velosipedchi turli koʻrinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotkizilgan.









