Ayniqsa, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi.
Aholining yana bir eʼtirozi – yoʻllardagi kameralar dislokatsiyasi. Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligi taʼkidlandi.
Chorraha, chiziq va yoʻl belgilarini toʻgʻrilash, svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga oʻtkazish boʻyicha ishlar sustligi tanqid qilindi.
Poytaxtda transport harakatini sunʼiy intellekt asosida tartibga solish boʻyicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt boʻlgani, lekin natija yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.