Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, konsulxona oʻzining konsullik okrugiga kiruvchi hududlarida Oʻzbekiston fuqarolari bilan sodir boʻlayotgan holatlarni sinchkovlik bilan kuzatib, har biriga aniqlik kiritish, fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish va ularni manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan zarur tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
«Olib borilgan surishtiruvlar natijalariga va Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlari va mutasaddi tashkilotlari tomonidan Bosh konsulxonaning rasmiy soʻrovnomalariga yoʻllangan javoblariga koʻra, Tatariston Respublikasi va Samara viloyatida sodir boʻlgan noxush voqealarda Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan ushbu jinoyatlar sodir etilmagani koʻrsatilib, fuqarolarning ishtiroki toʻgʻrisidagi xabarlar oʻz tasdigʻini topmadi, deyiladi xabarda.