Oʻzbekistonda firibgarlikda ayblangan shaxs Polshada qoʻlga olindi

    Oʻzbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi.

    Oʻzbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, mamlakatimiz elchixonasi va Polshaning tegishli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida xalqaro qidiruvda boʻlgan fuqaro A.A mazkur mamlakat hududida qoʻlga olindi.

    A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan boʻlib, u Oʻzbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

    «Qonun oldida hamma teng. Jinoyat sodir etgan har qanday shaxs albatta javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston elchixonasi barcha fuqarolarni qayerda boʻlishlaridan qatʼiy nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi«, – deb yozilgan mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi telegram-kanalida eʼlon qilingan xabarda.