Muzokaralar davomida mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, Afgʻonistonni halqaro munosabatlarning toʻlaqonli aʼzosiga aylantirish boʻyicha saʼy-harakatlar davom ettirilayotgani taʼkidlandi.
Xususan, Prezidentimizning Birlashgan millatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro anjumanlarda afgʻon masalasi boʻyicha yakdil pozitsiyadagi chiqishlari keltirib oʻtildi.
Mamlakatlarimiz oʻrtasida qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, energetika, transport, savdo-sotiq va boshqa yoʻnalishlarda ikki tomonlama muzokaralar faol tarzda davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Afgʻonistonni mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish maqsadida mamlakatda iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish hamda insonparvarlik yordamlarini davom ettirishga eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, muloqotda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegaralarida daxlsizlikni saqlash, chegara punktlarida kirish-chiqish rejimini yanada takomillashtirish, narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga hamda terrorizmga qarshi kurash yoʻnalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shu kuni Afgʻoniston Mudofaa vaziri Mullo Muhammad Yoqub hamda Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvlar Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarni doʻstlik va yaqin qoʻshnichilik ruhida rivojlantirishga xizmat qiladi.