2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.
Soliq qoʻmitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yoʻnaltirilgani va ularning samaradorligini oʻrganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qoʻshilgan qiymat kam boʻlsa, gazni issiqxonalarga yoʻnaltirish topshirildi.
Ekologik vaziyatni hisobga olgan holda, Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy taʼsiri bilan bogʻliq muammolarni uzil-kesil hal qilish vazifasi qoʻyildi.
«Barcha eshitib olsin: issiqxonalar bu – oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik masalasi hisoblanadi», — dedi Prezidentimiz.
Tegishli idoralarga sohada qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.