Bu haqdagi qaror Vazirlar Mahkamasi yig'ilishida qabul qilindi.

Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Neva Grashich Netanyaxu bilan bog'liq qarorni uning urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun sud jarayonlari bilan izohladi.

Iyul oyida Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir hamda Isroil moliya va mudofaa vaziri Betsalel Smotrichga nisbatan qo'llanilgan chora-tadbirlar ortidan taqiq qo'yilgan. Isroil vazirlari persona non grata deb e'lon qilindi, deb xabar berdi rbc.ru.