«Mehrli maktab» filiallari tashkil etiladi

    Ta'lim 30 Mart 2023 2008

    «Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Hukumat qarori (134–son, 29.03.2023-y.) qabul qilindi

    “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi Hukumat qarori bilan tashkil etilgan.

    Qarorga koʻra, gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida “Mehrli maktab”ning filiallari 2023-2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.

    Filiallarning asosiy maqsadi davolanishda boʻlgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha taʼlim hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlimni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash hisoblanadi.