Nankin universiteti dotsenti Chju Bin boshchiligidagi tadqiqotchilar Xitoy janubi-g'arbidagi Ngava-Tibet-Syan avtonom viloyatida dengiz sathidan 4,8 kilometr balandlikda joylashgan eriyotgan Dagu muzliklarida 400 kvadrat metrli maxsus plyonkani to'shashdi. U quyosh nurlarini atmosferaga qaytaradi, qor va muzni ulardan himoya qiladi.
O'tkazilgan tadqiqotlar mazkur materialning quyosh nurlarining 93 foizdan ko'prog'ini qaytara olishini ko'rsatdi. Atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirish uchun material o'simliklardan olingan tabiiy tola bo'lgan sellyuloza atsetatdan tayyorlangan. Moddadan aerozol ko'rinishida ham foydalanish mumkin, uni hatto etib borish qiyin bo'lgan hududlarda ham dronlar yordamida purkash mumkin.
Tajriba uch yildan besh yilgacha davom etadi, so'ngra shunga o'xshash materiallarni Xitoydagi yoki xorijdagi boshqa muzliklarda qo'llash masalasida bir to'xtamga kelinadi, deb xabar beradi tass.ru.