Taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 30-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati xabar berdi.
Mirobod tumani — Joʻrabek, Olot, Bakinskiy, Obod-Makon, Uz-Bum koʻchalari:
- aholi xonadonlari soni — 450 ta.
Yashnobod tumani — “Tong yulduzi” va “Qorasuv” mahallalari:
- aholi xonadonlari soni – 300 ta.
Mirobod va Yashnobod tumanlarida:
- ulgurji isteʼmolchilar soni — 7 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.