Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Husanov ushbu sovrin uchun kurashda jamoadoshlari — Rodri va Jeremy Dokuni ortda qoldirib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻzbekistonlik himoyachi mart oyi davomida ishonchli va faol oʻyini bilan “Siti” muxlislari eʼtiborini qozonishda davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu Abduqodir Husanov uchun 2026-yildagi ikkinchi shunday mukofot boʻlib, u yanvar oyida ham muxlislar talqiniga koʻra oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.